Suriyalik Rayyon 20 oydan so‘ng yana yura boshladi

Suriyalik Rayyon 20 oydan so‘ng yana yura boshladi

Sakkiz yashar Rayyon Qosim 2016 yilning 25 noyabrida Halabdagi uylarning hovlisida o‘ynayotgan edi. Qo‘qqisdan bomba portlashi oqibatida u chap qo‘lidan ayrildi va yura olmay qoldi.

“O‘sha kuni oilam uyda edi. Men esa juma namozi uchun tahorat olayotgandim. Bolalar tashqarida o‘ynayotgandi. Samolyotning ovozi eshitildi, keyin bomba uyimizning ustiga tushdi”, – deydi qizaloqning otasi Shahar Qosim “Anadolu” agentligi muxbiri bilan suhbatda.

Uning aytishicha, tashqariga chiqqanida chang-to‘zon orasida taxminan 16 kishining o‘lik yoki yarador ekanini ko‘rgan.

“Ikki qizimdan biri yaralangandi, o‘g‘lim ham. Og‘ir yaralangan qizim Nur 4 yashar edi, o‘sha yerdayoq halok bo‘ldi. Uyimizga mehmon bo‘lib kelgan rafiqamning singlisi va uning bolalari ham halok bo‘ldi. Ikki qizim va o‘g‘limni mashinaga o‘tqazdim. U yerdan uzoqlashayotganimizda samolyot yana bomba tashladi. Kasalxonaga yetib bordim. O‘g‘limni va Rayyonni operasiya qilishdi”, – deydi ota.

Oilasi Rayyonni avval Turkiyaning Mersin shahridagi, keyin Anqaradagi kasalxonaga olib keldi. Qizaloqqa protez qo‘l taqildi. Uzoq davom etgan muolajalardan keyin u yana yura boshladi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!