Suriyadagi terrorchilar safiga qo‘shilgan yana bir o‘zbekistonlik qidiruvga berildi

Suriyadagi terrorchilar safiga qo‘shilgan yana bir o‘zbekistonlik qidiruvga berildi

Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi Suriyadagi terrorchilar safiga qo‘shilgan fuqaro xalqaro qidiruvga berilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 1970 yilda Tojikistonning Qo‘rg‘ontepa shahrida tug‘ilgan Alisher Tojiboyev ishlab, pul topish maqsadida Rossiyaning Moskva shahriga borib-kelib yurgan. Shu orada qurilish ishlarida ishlab yurib, 2004 yilda chechen millatiga mansub Islom ismli shaxsning diniy ekstremistik oqim g‘oyalari ta’siriga tushgan va o‘zi boshchiligida Moskva jamoatini tashkil qilgan.

Tojiboyev 2008 yilda Moskvada “Halol” nomli tamaddixona ochgan. Ishlab, pul topish maqsadida borgan tanishlarini ishga olib, bu yerda ularning miyasini diniy ekstremistik oqim g‘oyalari bilan zaharlab, jamoatini kengaytirgan.

Unga nisbatan 2012 yilda Jinoyat kodeksining 244-prim 2-moddasi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Alisher Tojiboyev tergovdan yashiringan.

Hozirda maxsus qidiruvda bo‘lgan Tojiboyev 2013 yilda Moskva orqali Turkiyaga, u yerdan Suriyaga o‘tgan. Hozirda u Suriyadagi xalqaro terroristik guruhlar safida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!