Suriyada 550 juftlikning ommaviy to‘yi o‘tkazildi

Suriyada 550 juftlikning ommaviy to‘yi o‘tkazildi

Suriyaning Latakiya shahrida 9 noyabr, juma kuni 550 juftlikning ommaviy to‘yi o‘tkazildi. Bu haqda to‘y tashkilotchisi Syriatel mobil operatori matbuot xizmatiga asoslanib, «daryo» xabar berdi.

Ommaviy to‘y tantanalari shahardagi to‘yxonalardan birida o‘tkazildi.

1100 nafar kelin-kuyovlar Suriya armiyasi harbiylari, halok bo‘lgan harbiylarning yaqinlari, urush paytida yaralangan yigit va qizlardan iborat bo‘ldi.

Ushbu turdagi aksiya oltinchi marta o‘tkazilmoqda. Aksiya doirasida turmush qurganlar soni 1494 nafarni tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!