Suriya yaqinida Rossiyaga tegishli samolyot yo‘qolib qoldi

Suriya yaqinida Rossiyaga tegishli samolyot yo‘qolib qoldi

Suriyadagi Hmaymim aviabazasi 17 sentyabrda Rossiyaning Il-20 radiolokasion razvedka samolyoti ekipaji bilan aloqani yo‘qotdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 17 sentyabr kechki vaqt Suriya havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari Lataqiya shahriga raketa hujumini qaytargan. Suriyalik harbiy manbaning ta’kidlashicha, hujum dengizdan amalga oshirilgan, bir necha raketa mo‘ljalgacha urib tushirilgan.

Samolyot bilan aloqa esa 17 sentyabrda soat 23.00 atrofida, u Hmaymim bazasiga qaytayotganida Suriya sohilidan 35 km uzoqlikda O‘rta yer dengizi ustida yo‘qolib qolgan.

Shuningdek, samolyot Isroilning 4 ta F-16 samolyoti Lataqiyadagi ob’ektlarga hujum qilayotgan vaqtda aviasiyani boshqarish radarlaridan yo‘qolib qolgan. Bundan tashqari, shu vaqtda Rossiyaning havo hududini nazorat qilish radiolokasion vositalari tomonidan bu hududda joylashgan fransuz fregati “Overn”dan raketalar uchirilgani qayd qilingan.

Ma’lum qilinishicha, samolyot bortida 14 harbiy bo‘lgan, ularning taqdiri noma’lumligicha qolmoqda. Hmaymim bazasi qo‘mondonligi qidiruv-qutqaruv operasiyasini tashkillashtirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!