Supermarket irqchilikda ayblanmoqda

Supermarket irqchilikda ayblanmoqda

Waitrose Britaniya supermarketini irqchilikda ayblashmoqda. The Daily Telegraph ning xabar qilishicha, bunga shokoladli o‘rdakchalarning rangi sabab bo‘lgan.

Konfet qutisida uchta o‘rdak shaklidagi shokolad joylangan. Oq shokoladdan yasalgan o‘rdakka Momiq , sutlisiga Mazali va to‘q shokoladlisiga Irkit deb yozilgan. Oxirgi o‘rdakchaning ranggi va ta’rifi yomon fikrlarga sabab bo‘lgan. Mijozlar ishlab chiqaruvchini irqchilikda ayblamoqda. Supermarket mahsulotni vaqtincha sotuvdan olib qo‘ydi va uning dizayniga o‘zgartirish kiritdi. Waitrose kompaniyasi vakillari kechirim so‘radilar: Mahsulotimizning nomi odamlarning ko‘ngliga botganidan afsusdamiz . Kompaniya shokolad nomlarini Irkit o‘rdakcha ertagidan olgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!