Ssenariy: Putinni lavozimida qoldirish rejalari o‘ylanmoqda

Ssenariy: Putinni lavozimida qoldirish rejalari o‘ylanmoqda

Rossiya Prezidenti administrasiyasida Vladimir Putinning lavozimida imkon qadar uzoqroq muddat qolishi imkonini beruvchi turli ssenariylar ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Bloombergga tayanib, RBK xabar berdi.

Ssenariylardan biri Belarus bilan qo‘shilib, yangi davlat tashkil etish deya taxmin qilinmoqda. Yangi davlatni Putin boshqaradi, bu esa prezidentlik muddati chegaralanishi bilan bog‘liq konstitusion cheklovlarni chetlab o‘tish imkonini beradi.

Politolog va prezident administrasiyasi sobiq xodimi Andrey Kolyadinning agentlikka ma’lum qilishicha, Kremlda hozirgi kunda Qozog‘istonda yuz berayotgan holatga o‘xshash ssenariy ham faol muhokama qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!