Sohilni 5000 tonna chiqindidan tozalagan “Er chempioni”

Sohilni 5000 tonna chiqindidan tozalagan “Er chempioni”

Mumbaylik yosh advokat Afroz Shoh ko‘p yillar davomida Mumbayning shimoliy-g‘arbida joylashgan Versova plyajida yig‘ilib qolgan chiqindilar bilan kurashdi va g‘olib chiqdi. 86 hafta davomida Afroz ko‘ngillilar bilan birgalikda 2,5 kilometrlik plyajni 5,4 million kilogramm chiqindidan tozalashdi.

2015 yil oktyabr oyida Mumbaylik advokat Afroz Shoh va uning 84 yoshli qo‘shnisi Xarbansh Matur chiqindilarga to‘lgan shahar sohilini ko‘rib, xafa bo‘lishadi. Va ikkalasi hududni tozalashga qaror qilishadi.

O‘shandan beri, dam olish kunlari ikki hamroh sohil tozalashga chiqishadi. Keyinchalik ularga atrofdan ko‘ngillilar qo‘shila boshladi. Ularning soni doimiy ravishda o‘sib borar va minglab odamlar to‘planib qolgan chiqindilarni tozalashardi. 

Kinochilar, polisiyachilar, huquqshunoslar, baliqchilar va shunchaki yo‘lovchilarning bir sabab bilan bir joyga to‘planganidan hayratlangan Shoh mutasaddilarning  kerakli narsalar: ekskavator va yuk mashinalari bilan ta’minlab, qo‘llab-quvvatlaganidan xursand bo‘ldi.

Plyajni tozalash ishlari 2017 yil may oyida yakunlandi.

“Plyaj nihoyat toza! Bizning harakatlarimiz o‘z samarasini berdi”, - deydi Shoh. Ammo sohilga suvda oqib kelayotgan chiqindilar yana to‘planib qolayapti. Shuning uchun Afroz Shoh rasmiylardan plyaj toza bo‘lishi uchun musson shamollari ta’sirida qirg‘oqda yig‘ilib qoladigan chiqindilarni tozalashda amaliy yordam berishini so‘rayapti.

Afroz Shoh mehnati uchun BMT tomonidan “Er chempioni” unvonini oldi. Uning ishi dunyodagi eng katta sohil tozalash ishi deb nomlangan.

Lekin u bu bilan to‘xtab qolgani yo‘q. Endi u ko‘ngillilar bilan birgalikda mahalliy aholi tomonidan sohilga chiqindi tashlashlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun harakat qilmoqda.

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!