"Slick"dan 110 million so‘mni "uxlatgan" shaxs ushlandi

"Slick"dan 110 million so‘mni "uxlatgan" shaxs ushlandi

Toshkent shahrida yashovchi 28 yoshli ayol N.A. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan jami 110 mln. so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi X.R. sodir etganligi aniqlangan.

Unga ko‘ra, X.R., jabrlanuvchi N.A.ning qo‘l telefoniga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini "Click" xizmati xodimi sifatida tanishtirib, uning bank plastik kartasiga kiberhujum bo‘layotganligini aytib, "SMS" xabarnoma yuborish orqali boshqaruv huquqini qo‘lga kiritib, 110 mln. so‘m miqdoridagi pullarni o‘tkazib olganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan X.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!