Sirdaryoda katta serjant ayol va uning farzandini o‘limdan asrab qoldi

Sirdaryoda katta serjant ayol va uning farzandini o‘limdan asrab qoldi

Sirdaryo viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi katta serjanti Sardor Xo‘janazarov yong‘inda qolib ketgan ona-bolani qutqardi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi "Daryo".

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in 12 avgust soat 03:15 larda Sirdaryoning Yangiyer shahar, Shodlik mahallasi, SH.Burxonov ko‘chasida joylashgan uyning 4 qavatida sodir bo‘lgan.

IIB xodimi bu vaqtda alanga ichida qolib ketgan 24 yoshli Obidova Mohimbonu va uning 3 yoshli o‘g‘lini qutqarib qolgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!