Sirdaryoda bosqinchilar voqea joyida qo‘lga olindi

Sirdaryoda bosqinchilar voqea joyida qo‘lga olindi

Shu yil 7 noyabr kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida yashovchi I.YU.ning uyiga shu shaharda yashovchi J.B., kollej 3-bosqich o‘quvchisi B.A., muqaddam sudlanganlar U.M. va I.M.lar yuzlariga niqob kiygan holda bostirib kirib, uni boshiga yog‘och bilan urib, pul talab qilgan vaqtlarida I.YU.ning turmush o‘rtog‘i shovqin ko‘targan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha  shu hududda xizmat olib borayotgan viloyat ichki ishlar organlari xodimlari voqea joyiga yetib kelib, 3 nafar bosqinchini qo‘lga olganlar. Yana bir nafari, J.B. voqea joyidan qochib ketgan edi. Ko‘rilgan tezkor qidiruv natijalari tufayli u ham 8 noyabr kuni qo‘lga olindi. I.YU. tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan  jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!