"Silk Road Samarkand" majmuasida "Duty free" do‘koni ochildi

"Silk Road Samarkand" majmuasida "Duty free" do‘koni ochildi

Samarqandda, "Silk Road Samarkand" xalqaro sayyohlik majmuasida joylashgan "Boqiy shahar" tarixiy va etnografik bog‘ida "Duty free" do‘koni ochildi. Do‘kon chet el fuqarolari uchun ichki hududda faoliyat yuritadi.

Do‘konga lisenziya taqdim etish marosimida "Silk Road Samarkand" majmuasi rahbarlari, Bojxona qo‘mitasi vakillari, Sayyohlik polisiyasi va AeroHoreca vakillari ishtirok etishdi.

Ta’kidlash kerakki, majmuada yana ikkita do‘kon ochilishi rejalashtirilgan. Bu do‘konlar Silk Road by Minyoun va Samarkand Regency Amir Temur mehmonxonalarida bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, "Duty free" do‘konlarida tovarlarni shaxsni tasdiqlovchi hujjat, shuningdek, qaytish chiptasi taqdim etilgandan so‘ng sotib olishingiz mumkin. Mijozlarga Samarqand xalqaro aeroportidan jo‘nab ketayotganda sotib olingan tovarlari qadoqlangan ravishda topshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!