Sho‘rchidagi maktab-internatda 278 xodimning ish haqi «eb ketildi»: aybdorlar ma’lum

Sho‘rchidagi maktab-internatda 278 xodimning ish haqi «eb ketildi»: aybdorlar ma’lum

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sho‘rchi tuman bo‘limi tomonidan tumandagi 125-sonli maktab-internatning moliyaviy faoliyati o‘rganildi, deya xabar bermoqda idora matbuot xizmati.

"Daryo" nashrining ma’lum qilishicha, maktab-internatning sobiq g‘aznachisi Q.N. va boshqalar hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali 278 nafar xodimning jami 117,8 million so‘m ish haqini naqd shaklda olib, shaxsiy manfaatlariga ishlatib yuborgan.

«Mazkur holat yuzasidan Q.N. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda», — deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati axborotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!