Sho‘rchida «Lacetti» 8 yoshli qizni urib yubordi

Sho‘rchida «Lacetti» 8 yoshli qizni urib yubordi

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida 22 sentyabr kuni «Lacetti» 8 yoshli qizni urib yubordi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea Sho‘rchi tumani Sovjironbobo mahallasi hududidan o‘tuvchi M–41 avtomobil yo‘lining 1513-kilometrida sodir bo‘lgan. Unda haydovchi — 1983 yilda tug‘ilgan M.E. «Lacetti» rusumli avtomobilida harakatlanayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Ta’kidlanishicha, yo‘l-transport hodisasida jabrlangan qiz 2013 yilda tug‘ilgan M.U. bo‘lgan. U tan jarohati bilan haydovchi tomonidan shifoxonaga olib borilgan. Mazkur hodisa yuzasidan surishtiruvlar davomida transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

https://t.me/yhxbb_uz/12481


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!