Shimoliy Osetiyada niqob kiyishni to‘xtatish tavsiya qilindi

Shimoliy Osetiyada niqob kiyishni to‘xtatish tavsiya qilindi

Bu haqda respublika musulmonlari bosh diniy boshqarmasi ma’lum qildi, dedi Shimoliy Osetiya muftiysi o‘rinbosari Ibragim Dzagurov «TASS»ga. Avvalroq Shimoliy Kavkaz musulmonlari faoliyatini muvofiqlashtirish markazi niqob kiyish musulmonlarga amaliy zarar yetkazishini bildirgan edi.

«Shimoliy Kavkaz musulmonlarini muvofiqlashtirish markazi tomonidan niqob kiyishni taqiqlash bo‘yicha qabul qilingan rezolyusiyaga muvofiq, Shimoliy Osetiya Respublikasida ham ushbu qarorga amal qilishni tavsiya qilamiz», — dedi Dzagurov.

Shu bilan birga, u Rossiya Federasiyasida vijdon erkinligi va diniy birlashmalar to‘g‘risidagi qonunlar mavjud bo‘lgani uchun respublikada niqab kiyishni butunlay taqiqlab bo‘lmasligini ta’kidladi.

Ilgari niqob kiyishni vaqtinchalik taqiqlash Dog‘iston va Karachay-Cherkesiya hukumati tomonidan kiritilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!