Shimoliy Orol dengizida suv hajmi oshdi

Shimoliy Orol dengizida suv hajmi oshdi

Qozog‘iston Suv xo‘jaligi va irrigasiya vazirligi bugun, 24 iyun kuni Shimoliy Orol dengizidagi suv sathi haqida gapirdi.

Departament ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonni o‘z ichiga olgan Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyasining 86-yig‘ilishida tomonlar sug‘orish mavsumida Shimoliy Orolga 997 million kub metr suv oqib kelishiga kelishib oldilar. Oqimi yiliga kamida 30 kubometr bo‘ladi. Endi dengizga soniyasiga 50 kub metr suv kiradi. Bir yil avval suv oqimi soniyasiga 6 kub metrni tashkil qilgan.

"Yil boshidan buyon Shimoliy Orol dengiziga 1,1 milliard kub metr suv kelib tushdi. Shunday qilib, bugungi kunda Shimoliy Oroldagi suv hajmi 21,4 milliard kub metrni tashkil etdi”, — deyiladi dushanba kuni e’lon qilingan xabarda.

Ilgari Shimoliy Orol dengizini janubdan ajratib turuvchi Ko‘karal to‘g‘oni qurilishi tugallangan edi. To‘g‘on Shimoliy Orol dengizi suv sathini ko‘tarish imkonini berdi.

“To‘g‘on foydalanishga topshirilgandan to bugungi kunga qadar Sirdaryodan Shimoliy Orol dengiziga 46,6 milliard kub metr suv, so‘nggi yetti yilda esa 13,3 milliard kub metr suv quyilgan. Yillar davomida Shimoliy Orolda suv hajmi kamayib bormoqda, biroq 2024 yil boshidan boshlab u yana o‘sishni boshladi va bugungi kunda 21,4 milliard kub metrga yetdi”, — dedi Suv xo‘jaligi vazirligi rasmiy vakili Moldir Abdualiyeva.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!