Shimoliy Koreya uchirgan axlat sharlarida parazitlar topilgan

Shimoliy Koreya uchirgan axlat sharlarida parazitlar topilgan

Janubiy Koreya birlashish vazirligining dushanba kuni ma’lum qilishicha, KXDR tomonidan Koreya Respublikasiga yuborilgan ayrim chiqindi sharlarida parazitlar topildi, biroq zararli moddalar topilmadi, deb xabar beradi Yonhap.

Shimoliy Koreya so‘nggi haftalarda janubiy koreyalik faollarning Shimoliy Koreya rejimini tanqid qiluvchi varaqalar tarqatayotgan kampaniyalariga javoban Janubiy Koreyaga 1000 dan ortiq shar jo‘natdi.

- Axlatdagi tuproqda askaridalar, qurtlar va ostrisalar kabi turli xil parazitlar topildi, — deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Parazitlar inson najasidan chiqqan deb ishoniladi. Ushbu xulosalar 70 ta sharni o‘rganishga asoslangan.

Shuningdek, qaychi yoki pichoq bilan kesilgan galstuk va ko‘k kurtka kabi yirtilgan kiyim bo‘laklari topilgan. Bu narsalar avval Janubiy Koreya kompaniyasi tomonidan taqdim etilgani aniqlangan.

- Shimoliy Koreya bu varaqalar kampaniyalariga o‘ta dushmanlik ko‘rsatish va Janubiy Koreyaga nisbatan dushmanona pozisiyasini ta’kidlash uchun avval yetkazib berilgan narsalarni shikastlagan va jo‘natgan ko‘rinadi, - dedi ismini oshkor qilishni istamagan vazirlik rasmiysi.

Uning ta’kidlashicha, axlatlarning aksariyati oddiy maishiy chiqindilardan ko‘ra qayta ishlangan qog‘oz va vinildan iborat bo‘lib, bu Shimoliy Koreya rasmiylarining Shimoliy koreyaliklarning kundalik hayoti tafsilotlari oshkor bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik urinishidan dalolat beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya Janubiy Koreya tomon 310 ga yaqin chiqindilar solingan sharlarni uchirgani xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!