Shimoliy Koreya «radioaktiv sunami» keltirib chiqaruvchi yadro qurolini sinovdan o‘tkazdi

Shimoliy Koreya «radioaktiv sunami» keltirib chiqaruvchi yadro qurolini sinovdan o‘tkazdi

KXDR joriy haftada «radioaktiv sunami» keltirib chiqarishga va dushmanlarga yashirincha hujum qilishga qodir bo‘lgan yangi suv osti yadro qurolini sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi, deb xabar beradi Yonhap.

Juma kuni Shimoliy Koreyaning davlat matbuoti ham Pxenyan «yadro kallagiga o‘xshash sinov kallakchasi o‘rnatilgan» raketalardan foydalangan holda mashg‘ulot o‘tkazgani haqida xabar berdi.

Yadroviy kallak o‘rnatilgan va «radioaktiv sunami»ni keltirib chiqarishga qodir yangi suv osti dronining sinovlari seshanba kuni Janubiy Xamgyon provinsiyasining Rivon okrugi qirg‘oqlarida bo‘lib o‘tdi.

Sinov quroli shartli dushman porti sifatida belgilangan Xonvon ko‘rfazi suvlarida nishonga aniq tekkan. Sinovlar chog‘ida jangovar kallak suv ostida portlab ketgan, deb xabar beradi KXDRdagi manba. Dron Koreyaning Sharqiy dengizida 80 dan 150 metrgacha chuqurlikda «oval trayektoriya»da 59 soatu 12 daqiqa davomida suzib borgan.

Shimoliy Koreya 2012 yilda «raqobatchilarni harbiy va texnik jihatdan ortda qoldirish» uchun ushbu turdagi yadro qurolini yaratishni boshlagan.

KXDR ma’lumotlariga ko‘ra, «maxfiy qurol» 2021 yilda «Xail» suv osti yadroviy jangovar droni nomini olgan va so‘nggi ikki yil ichida uning ustida 50 dan ortiq sinov o‘tkazilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!