Sheremetyevo aeroportida musulmonlar uchun namozxonalar ochiladi

Sheremetyevo aeroportida musulmonlar uchun namozxonalar ochiladi

Sheremetyevo aeroportida musulmonlar uchun namozxona ochiladi. Buning uchun allaqachon alohida xona ajratilgan.

Aeroport xodimlari ishtirokida Ximki shahar imomi Komil Mannapov u joyni ko‘zdan kechirib chiqdi.

Ximki musulmonlar sayti Sheremetyevo aeroporti vakilidan ushbu iqtibosni keltirgan “Bu joy tanlashidan ramziy ma’no bor bo‘lib, bunga aynan shu yerda musulmonlar tez-tez namoz o‘qib turishidir”.

Xona aeroportning 1-qavatida YE terminalda joylashadi, deyiladi xabarda. Ayni paytda, musulmonlar uchun namozxonalar Moskvaning Domodedovo, Vnukovo aeroportlarida amal qiladi.

Musulmonlarning har bir namozi qat’iy vaqt oralig‘i bo‘lib, kundalik besh vaqt namoz o‘qish belgilangan.

Qayd etish kerak, 2017 yilning noyabr oyida Toshkent xalqaro aeroportida ham namozxona ochilgan edi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!