Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi eng yirik ko‘rgazma ochilishida nutq so‘zladi

Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi eng yirik ko‘rgazma ochilishida nutq so‘zladi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 4 noyabr kuni Shanxay shahrida «CIIE-2020» Import mahsulotlari uchinchi Xitoy xalqaro ko‘rgazmasining ochilish marosimi ishtirokchilariga videoaloqa orqali murojaat yo‘lladi.

Davlat rahbari o‘z nutqida EKSPOdek yirik tadbirning o‘tkazilayotgani Xitoyning milliy iqtisodiyotni tiklashda erishayotgan muvaffaqiyatlaridan hamda keng ko‘lamli xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik nihoyatda zarur ekanidan dalolat berishini ta’kidladi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston prezidenti global inqiroz sharoitida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va hududlararo aloqalarni rivojlantirishning muhim masalalariga to‘xtalib o‘tdi.

O‘zbekistonda milliy iqtisodiyotni liberallashtirish, tashqi savdo rejimi va eksport-import tartib-taomillarini soddalashtirish, normativ-huquqiy bazani xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish, «yashil yo‘laklar»ni shakllantirish, Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish, yanada qulay investisiya muhitini yaratish borasida izchil ko‘rilayotgan chora-tadbirlar qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev transport sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish va Markaziy Osiyo transport-tranzit salohiyatini kengaytirish muhim ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolayotganini ta’kidladi.

O‘zbekiston mintaqaviy va hududlararo aloqalarni mustahkamlash uchun keng istiqbollar ochib berayotgan «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusini faol qo‘llab-quvvatlayotgani, Markaziy Osiyo, Buyuk ipak yo‘li davrida bo‘lganidek, Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va transport-tranzit yo‘laklarining habiga aylanishi mumkinligiga ishonch bildirildi.

Markaziy va Janubiy Osiyo temir yo‘llari tizimlarini bog‘laydigan yangi transport yo‘laklarini yaratish borasidagi tashabbus katta ahamiyatga ega ekani, bu Yevroosiyo qit’asidagi quruqlik transporti tizimini tutashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi eng yirik ko‘rgazma ochilishida nutq so‘zladi

Shu munosabat bilan davlat rahbari mamlakat Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston yangi multimodal transport yo‘lagi bo‘ylab temir yo‘l qurish loyihasini tezlashtirish tarafdori ekanini qayd etdi.

Bundan tashqari, «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusi doirasida «quruqlikdagi portlar», logistika va ulgurji-distribyutorlik markazlarining integrasiyalashgan tarmog‘ini shakllantirish borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish taklif etildi.

Ushbu tashabbuslarning ahamiyatini hisobga olib, BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan BMT shafeligida Transport-kommunikasiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy markazini ochish taklifi sheriklar va xalqaro tashkilotlar tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanishiga umid bildirildi.

O‘zbekiston sanoat kooperasiyasini faol rivojlantirish, birinchi navbatda, mineral-xomashyo resurslarni chuqur qayta ishlash va eksport bozorlariga chiqish uchun yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi qo‘shma korxonalar tashkil etishga tayyor ekani qayd etildi.

Shu maqsadda sanoat kooperasiyasi bo‘yicha qo‘shma dastur qabul qilish hamda qo‘shma investisiya fondlari, sarmoyalarni kafolatlash va sug‘urtalash kabi vositalar yordamida ikki mamlakat biznes vakillarini aniq loyihalarni amalga oshirishga rag‘batlantirish taklif etildi.

Davlat rahbari marosim ishtirokchilari e’tiborini pandemiya sharoitida iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonlarini tezlashtirish alohida dolzarb ahamiyat kasb etganiga qaratdi.

Shu munosabat bilan, Xalqaro savdo, bojxona rasmiylashtiruvi, transport, ta’lim sohalariga axborot texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ishlab chiqish g‘oyasi ilgari surildi.

O‘zbekiston prezidenti pandemiya oqibatida kelib chiqqan global ijtimoiy-iqtisodiy inqirozni yengib o‘tish uchun ikki tomonlama va mintaqaviy darajada yanada yaqin muvofiqlashuv va hamkorlikka o‘tkir zarurat borligini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi eng yirik ko‘rgazma ochilishida nutq so‘zladi

Ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi, tibbiy tovarlarga ehtiyojlarning ortishi, moliyaviy beqarorlik va global yetkazib berish zanjirlarining buzilishi sharoitida hech bir mamlakat yakka holda pandemiyaning salbiy oqibatlarini yengib o‘ta olmasligi alohida qayd etildi.

So‘zining yakunida prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘rgazma ishtirokchilari faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi hamda  EKSPO yakunlari jahon savdosini tiklash va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish jarayoniga qo‘shimcha sur’at bag‘ishlashiga ishonch bildirdi.

Marosimda Serbiya, Chili, JAR prezidentlari, Ispaniya va Pokiston hukumatlari, qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari ham murojaat yo‘lladilar.

Import mahsulotlari uchinchi Xitoy xalqaro ko‘rgazmasi doirasida 5 noyabr kuni Shanxay shahrida O‘zbekiston-Xitoy biznes forumini o‘tkazish rejalashtirilgan. Unda Xitoyning yirik savdo va investisiya kompaniyalaridan 150 nafarga yaqin vakil ishtirok etadi.

Forumda O‘zbekistonning investisiyaviy, eksport va turizm salohiyati namoyish etiladi. Xususan, Xitoy ishbilarmon doiralari neft-gaz, to‘qimachilik, kimyo, elektrotexnika, metallurgiya, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va qurilish tarmoqlarida o‘zbekistonlik sheriklar bilan hamkorlikning yangi imkoniyatlari bilan tanishadi.

Tadbir ishtirokchilariga O‘zbekistondagi qulay ishbilarmonlik muhiti, erkin iqtisodiy zonalar hududida biznes yuritish, iqtisodiyotning turli sohalarini rivojlantirishda erishilgan muvaffaqiyatlar to‘g‘risida ham ma’lumot berilishi ko‘zda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi eng yirik ko‘rgazma ochilishida nutq so‘zladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Qodirovning ahvoli juda og‘ir: u voris qidirmoqda

Чеченистон раҳбари Рамзан Қодировнинг соғлиғи ёмонлашаётгани республикада ҳокимият алмашинуви жараёнини фаоллаштирганини "Новая газета Европа" суриштируви маълум қилди.

O‘zbekiston Rossiya elchisini chaqirtirdi

Ўзбекистон Ташқи ишлар вазирлигига Россия Федерацияси ҳудудида ўзбекистонлик меҳнат муҳожирларининг ҳуқуқлари бузилиши ҳақидаги хабарлар кўпайиб бораётгани муносабати билан Россия элчиси чақирилди.

Hindistonlik talaba Toshkent tibbiyot akademiyasidan norozi bo‘ldi

Унинг сўзларига кўра, тиббиётга оид фанлардан кўра инглиз тили дарслари кўпроқ ўтилади

Fransiya Rossiya G‘alaba bayramiga taklif qilinmaganidan g‘azablandi

Франция Россия Ғалабанинг 80 йиллигига бағишланган тадбирларга таклиф этилмаганидан норози.

Ortiqxo‘jayev yangi lavozimda ish boshlagani aytilmoqda

Тарқалган хвбврлврга кўра, Жаҳонгир Ортиқхўжаев Ўзбекистон корпоратив спорт ассоциацияси расининг биринчи ўринбосари сифатида иш бошлаган.

“Zudlik bilan tark eting!” — Ukrainada xavfli hududlar bo‘yicha shoshilinch chaqiriq

Украинада эвакуация бошланди. Ҳар куни соат 8:00 да автобуслар кетади.

Qashqadaryoda talabalar trend video oldi va,,,

Винеткага тушиш мақсадида ижтимоий тармоқларга тренд видео қилганмиз. Бу эса ижтимоий тармоқларда тарқалиб кетибди.

"El-klasiko"da "Real" hujumida kimlar o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

11 май куни "эл-класико" бўлиб ўтади, унда Ла Лига чемпионлиги тақдири ҳал бўлиши мумкин.

"Ukrainaliklar ruslar bosib olgan hududlarni de-fakto berishga tayyor"

"Биз украиналиклар билан очиқ ва қийин мунозараларда 22 та ўта аниқ шартларни таклиф қилдик ва биз жуда кучли позицияда эканлигимизга ишонамиз", деди Келлог.

Agar Ukraina 9 may kuni Moskvaga hujum qilsa, Rossiya Kiyevga “Oreshnik” quroli bilan zarba berishi mumkin

Бу ҳақда Россия оммавий ахборот воситалари хабар бермоқда.

1 maydan 500 kVt⋅soatgacha bo‘lgan yangi miqdor joriy qilindi​​​​​​​

Қолаверса, 201 кВт·соатдан 1000 кВт·соатгача бўлган дифференциаллашган тариф бўйича истеъмол миқдори орасига янги миқдор киритилмоқда.

Texas ko‘lida 2 metrlik mahluq qo‘lga tushdi, bu jahon rekordi bo‘lishi mumkin

Техасда балиқ овлаш бўйича жаҳон рекордчиси қайтиб келди ва ўз ҳаётидаги энг қийин овда кўлнинг лойқа сувлари остида яна бир ажойиб воқеани яратди.

Ingliz manbasi: Husanov Gvardiola bilan tortishib qoldi

Бу ҳақда Х ижтимоий тармоғидаги Real Talk Manchester City аккаунти хабар берди.

“Tez orada Xudoning yordami bilan — bu butun Isroil yurti bo‘ladi”

Исроил оммавий ахборот воситалари шундай ёзув билан тарихий Фаластиннинг бутун ҳудудини қамраб олган харитани эълон қилишди.

Ronalduning o‘zi va oilasi xavf ostida!

Саудия Арабистони чемпионатида тўпурарлик маҳоратини намойиш қилиб келаётган “Ан-Наср” ҳужумчиси Криштиану Роналду футболдан ташқари маиший муаммоларга эътибор қаратишига тўғри келмоқда.

"Men bu yerda o‘z xalqim va mamlakatim uchun kurashish maqsadida turibman"

"Европа Иттифоқига келсак, мен ишончим комилки, Сербия Европа йўлида қолади. Агар кимнидир жазоламоқчи бўлсалар, мени жазолашсин", — дея қўшимча қилди сиёсатчи.

Shavkat Mirziyoyev va Putin tik oyoqda suhbatlashdi

Путин ва Мирзиёев қўл сиқишиб, бир-бирини самимий қутладилар. Ўзбекистон Президенти Россия раҳбарини байрам билан табриклади.

"Ekkan hosiligacha bozor bahosida hisob-kitob qildik" - Shuhrat Abdurahmonov

Жанубий Фарғона канали қирғоғи ўпирилиши оқибатида Булоқбоши туманининг айрим маҳаллаларида сув тошқини юзага келди. Ҳодиса жойига етиб борган Kun.uz мухбири айни манзилда бўлиб турган вилоят ҳокими Шуҳрат Абдураҳмоновдан қисқа изоҳ олди.

Oltita Yevropa davlati Isroilga qarshi chiqdi

Гуруҳнинг таъкидлашича, ҳарбий кучларнинг янада кучайиши Ғазодаги гуманитар инқирозни янада кучайтиради ва қолган гаровга олинганларнинг ҳаётини хавф остига қўяди.

Mingdan ortiq odamni aldagan “Muhammad” Toshkentda qo‘lga tushdi

Наманган вилоятида яшовчи йигит Telegram тармоғида гуруҳ очиб, пулини қисқа фурсатда кўпайтириб беришини айтган ҳолда одамларни алдаб келган. У изини йўқотиш учун турли вилоятларда яшовчи одамлар номига олинган SIM карталардан фойдаланган.

Hokim o‘rinbosari o‘zini yoqib yubordimi?

Ижтимоий тармоқларда Яккабоғ тумани ҳокими ўринбосари ўзини ёқиб юборгани ҳақида хабар тарқалди.

Nigeriyada 600 000 dan ortiq bola ochlikdan o‘lishi mumkin

Нигерия ҳукумати ва БМТ вакилларининг қўшма баёнотида айтилишича, шимоли-шарқдаги Борно, Адамава ва Йобе (BAY) штатларида террорчилик ҳаракатлари туфайли гуманитар инқироз янада кучайган.

Turkiyada ovqatdan zaharlanish holatlari soni 133 nafarga yetdi

Самсунда овқатдан заҳарланганлар сони 133 нафарга етди.

Hindiston Pokistonga agressiv javob berishini ta’kidladi

Ҳиндистон Покистон билан муносабатлардаги кескинлашувни хохламайди, аммо агар Исломобод томонидан ҳарбий ҳужум қилинса, жуда қаттиқ жавоб беришини билдирди.

Hindiston Pokiston hujum qilganini da’vo qilmoqda

Ҳиндистон ҳарбийларига кўра, Покистон Жамму, Патҳанкот ва Удҳампур вилоятларидаги нишонларга ҳужум қилган.

Turkiyada talabalar orasida ommaviy zaharlanish

Ҳисобот бу ҳақда Ҳабер Глобал телеканалига таяниб хабар берди.

Armanistonda korrupsiyani tergov qilayotgan jurnalist hibsga olindi

Маълумотларга кўра, у бир неча соат олдин қўлга олинган ва ҳозирда полиция ҳибсхонасида. Қайд этилишича, Лилит Агекянга адвокати ва онаси билан учрашишга рухсат берилмаган.

Bill Geyts butun boyligini xayriya ishlariga sarflash rejasini e’lon qildi

Бу ҳақда у шахсий блогида ёзган.

Shimoliy Koreya Kim Chen In boshchiligida raketa mashg‘ulotlarini o‘tkazdi

Бу ҳақда Корея марказий ахборот агентлиги хабар берди.

Tramp badavlat amerikaliklarga soliqlarni 40 foizga oshirishi mumkin

Бу ҳақда Блоомберг хабар берди.

AQSh Yamandagi zarbalar uchun 1 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarfladi

Бу ҳақда NBC News хабар берди.

Buryatiyada o‘rmon yong‘inlari maydoni bir kun ichida ikki baravar ko‘paydi

Бу ҳақда Республика ўрмон хўжалиги агентлиги (РАЛҲ) маълум қилди, деб ёзади “ТАСС”.

Shvesiya shartli ozod qilish qoidalarini qattiqlashtirishi mumkin

Расмийлар ислоҳотни 2026 йил 1 январдан бошлашни режалаштирмоқда, гарчи аввалги ҳукумат комиссияси бундай ўзгаришлар маҳкумларнинг реабилитациясига хавф туғдириши ва ҳар йили 7 миллиард Швеция крони (тахминан 650 миллион доллар)гача қўшимча харажатларга олиб келиши мумкинлиги ҳақида огоҳлантирса ҳам.

Evropa AQShga qarshi savdo jarima choralarini tayyorlamoqda

Европа Иттифоқи АҚШ президенти Дональд Трампнинг тариф сиёсатини жавобсиз қолдирмаслик учун АҚШ маҳсулотларига янги бож солиқлари жорий этилиши мумкин бўлган товарлар рўйхатини тузди. Бу ҳақда Politico нашри хабар берди.

Namanganda advokatga soqol sababli tahdid qilindi

Наманганда адвокат Б.Болтаевга нисбатан ички ишлар ходими томонидан таҳдид ва босим бўлгани ижтимоий тармоқларда муҳокама марказига айланди, деб ёзмоқда инсон ҳуқуқлари "Эзгулик" жамиятидан З.Мирзахмедов.

Surxondaryoda 633 mln so‘mlik elektr o‘g‘irlandi

Ҳозирда мазкур ҳолат юзасидан ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари томонидан терговга қадар текширув ишлари олиб борилмоқда.

Garvard AQSh ta’lim vazirining xatosi to‘la maktubiga munosabat bildirdi

Шундан сўнг университет маъмурияти расмий жавоб ўрнига хатни имло ва пунктуация хатолари тузатилган ҳолда вазирга қайтарди.

Parijda avtomobil futbol muxlislariga borib urildi

Ҳодиса нима сабабдан содир бўлгани ҳозирча номаълум.

Telegram’da PUBG akkauntlarini sotishni reklama qilgan fuqaro ushlandi

Маълум қилинишича, оҳангаронлик 20 ёшли йигит ҳудудий ички ишлар бўлимига мурожаат қилиб, Telegram орқали аккаунт сотиб олиш мақсадида номаълум шахснинг банк картасига 9 млн сўм пул ўтказганини айтган.

Hindistonning Pokistonga havo hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 31 kishiga yetdi

Эслатиб ўтамиз, Покистон Ҳиндистоннинг тинч қишлоқлар ва масжидларга берган зарбалари натижасида 26 киши ҳалок бўлганини даъво қилган эди.