Shavkat Mirziyoyev "vafot etgan" prezident bilan suhbatlashdi

Shavkat Mirziyoyev "vafot etgan" prezident bilan suhbatlashdi

Shavkat Mirziyoyev 24 iyul kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Suhbat avvalida Gurbanguli Berdimuhamedov davlat rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga ravnaq va farovonlik tiladi.

Davlat rahbarlari qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Ikki tomonlama munosabatlar, xalqaro va mintaqaviy siyosatga doir dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Prezident Turkmaniston rahbariga samimiy tabrik uchun minnatdorlik bildirib, joriy yil avgust oyining boshida «Avaza» milliy turizm zonasida bo‘lib o‘tadigan birinchi Kaspiy iqtisodiy forumini o‘tkazishda muvaffaqiyat tiladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Gurbanguli Berdimuhammedovning o‘lgani haqida xabarlar tarqalgan, ammo keyin bu shunchaki mish-mish ekanligi ma’lum bo‘lgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!