Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Shu kunlarda hamma joyda bayram kayfiyati hukmron. Yurtimizda yangi inshootlar, maktablar, korxonalar ishga tushirilayotgani bu shukuhni yanada oshirmoqda”, - deyiladi matbuot xizmati ma’lumotida.

Qayd etilishicha, Navoiy viloyatida ham ulkan sanoat komplekslari qurib bitkazilgan. 

Davlat rahbari ulardan birining ochilish marosimida ishtirok etadi, mavjud korxonalar faoliyati bilan tanishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!