Shahzoda Uilyam: “Koronavirusni men tarqatyapman”

Shahzoda Uilyam: “Koronavirusni men tarqatyapman”

Shahzoda Uilyam Irlandiyaga rasmiy tashrifi doirasida Dublin shahridagi tez tibbiy yordam xodimlari bilan uchrashdi va suhbat davomida nafaqat dunyoda, balki Buyuk Britaniyada ham koronavirus tufayli yuzaga kelgan vahimaga to‘xtalib o‘tdi, deya ma’lum qildi “Daily Mail”.

Shahzodaning ta’kidlashicha, ba’zi odamlar oddiygina yo‘tal sabab ham behuda vahima qilishmoqda.

“Shundan so‘ng shahzoda shifokorlarning ustidan kulmoqchi bo‘ldi va yuzini burishtirib: "Aytgancha, Kembrij gersogi va gersoginyasi koronavirusni tarqatmoqda", dedi. Shu zahoti shifokorlar va atrofdagilar orasida kulgi ko‘tarildi”, deyiladi xabarda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!