Shahzoda Filippning so‘nggi kunlari qanday o‘tdi?

Shahzoda Filippning so‘nggi kunlari qanday o‘tdi?

Filipp umrining so‘nggi kunlarida ko‘p o‘qigan, yaqinlariga qo‘ng‘iroq qilgan va hamma narsani o‘zi qilishga harakat qilgan.

Buyuk Britaniya OAV qirolicha Yelizaveta II turmush o‘rtog‘i, shahzoda Filippning hayotini so‘nggi kunlari qanday o‘tgani haqida ma’lumotlar chop etdi.

9 aprel, juma kuni tunda uning ahvoli yomonlasha boshladi. "Telegraph" ning yozishicha, u to‘rt haftaning ko‘p qismini kasalxonada o‘tkazgan va uyga qaytishga ko‘p uringan.

Shifokorlar uning yuragini operasiya qilishdi. Bu bilan ehtimol yaqinlashib kelayotgan 100 yilligini nishonlash uchun unga biroz vaqt berishga harakat qilishdi. 

«Ammo bu uni tashvishga solgan narsa emas. U faqat o‘z uyiga qaytmoqchi edi. U hech qachon kasalxonada o‘lishni xohlamagan», deb yozadi nashr.

"Evening Standard" nashrining o‘z manbalariga tayanib yozishicha, Filipp sog‘lig‘i yomonlashganiga qaramay, imkon qadar mustaqil bo‘lishga harakat qilgan va mustaqil kiyinishda davom etgan. Bundan tashqari, hayotining so‘nggi kunlarida shahzodaning ishtahasi yomonlashgan. Ammo ayrim hollarda madori bo‘lganida xotini bilan ovqatlangan.

9 aprelda shahzoda Filipp yuz yoshga to‘lishidan ikki oy oldin 99 yoshida vafot etdi. Koronavirus pandemiyasi tufayli shahzodaning dafn marosimi ommaviy tadbirsiz o‘tkazilishi mumkin. 

"The Guardian" nashrining yozishicha, dafn marosimlari Vindzor qal’asi hududida o‘tkazilishi mumkin.

Shahzoda Filipp Mountbatten 1921 yilda tug‘ilgan va 1947 yilda Yelizaveta II bilan turmush qurgan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!