Shahar markazida Putin ko‘rinishidagi dala qo‘riqchisi paydo bo‘ldi

Shahar markazida Putin ko‘rinishidagi dala qo‘riqchisi paydo bo‘ldi

 

Joriy yil 11 noyabr kuni noma’lum shaxslar Rossiyaning Perm shahridagi Markaziy univermag qarshisidagi ko‘cha chirog‘i ustuniga Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin ko‘rinishidagi dala qo‘riqchisini (chuchelo) o‘rnatib ketdi.
 
Putin ko‘rinishidagi dala qo‘riqchisi soat 17:00 atrofida Lenin va Komsomolsk ko‘chalari kesishmasida paydo bo‘lgan. Unga “Yolg‘onchi. Harbiy jinoyatchi Pinya V.V.”, deb yozilgan.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, polisiya “qo‘riqchi”ni suratga olgan Libertarian partiyasining Perm bo‘limi kotibi Aleksey Kotov va uning voyaga yetmagan tanishini hibsga olgan. Keyinroq ular ma’muriy bayonnoma tuzmasdan qo‘yib yuborilgan.
 
IIVning Perm o‘lkasi bo‘yicha boshqarmasi Putin surati tushirilgan dala qo‘riqchisining o‘rnatib ketilishi yuzasidan tekshiruv boshlagan.
 
Ma’lumot uchun, “Pinya” so‘zi 2012 yilda suratga olingan qisqa rolikdagi shu nom bilan ataluvchi personaj sabab kelib chiqqan. U tuzumga qarshi muholifat tarafdorini aks ettirgan. Video mashhurlikka erishmagan. Biroq 2016-2017 yillarda viderolik tarmoqlarda yana bir bor tarqalgan. Mavjud vaziyatdan norozi internet foydalanuvchilari rolik qahramoniga yangi “hayot” berib, Vladimir Putinni “Pinya” deb atay boshlashgan.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!