Saudiya JCH-2034 uchun rasmiy arizani topshirdi

Saudiya JCH-2034 uchun rasmiy arizani topshirdi

Saudiya Arabistoni JCH-2034 mezbonligi uchun ariza topshirdi.

2023 yil oktyabr oyida Saudiya Arabistoni musobaqani o‘tkazish niyatini e’lon qildi. FIFA mamlakat JCH-2034 uchun yagona da’vogarga aylanganini tasdiqladi.

Saudiya Arabistoni yagona da’vogar bo‘lgan bo‘lsa ham, FIFA qoidalariga ko‘ra, mamlakat turnirga rasman ariza berishini talab qiladi.

Ilovada "O‘sish. Birgalikda" so‘zlari yozilgan. Saudiya Arabistoni Futbol Federasiyasi prezidenti Yosir Al-Misehalning aytishicha, shior "qirollik, uning xalqi va jahon futboli o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiradi".

FIFA Kongressi 2034 yilgi jahon chempionatiga mezbon davlatni shu yil oxirida tasdiqlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!