Saudiya Arabistonida teleyangiliklarni ilk bor ayol diktor olib bordi

Saudiya Arabistonida teleyangiliklarni ilk bor ayol diktor olib bordi

Saudiya Arabistonida davlatga qarashli Saudi Tv telekanalida yangiliklarni ilk ayol diktor olib bordi. Bu haqda “Anadolu” xabar bermoqda.

Viam Daxil ismli diktor kunning asosiy yangiliklarini Umar Nashvon bilan birga olib bordi.

V. Daxil Livandagi Amerika universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Londondagi “Al-Hayat” gazetasida, Qatardagi “Al-jazira” va “Al-Arab” telekanallarida ishlagan.

Saudiya Arabistonida so‘nggi paytlarda yuz berayotgan o‘zgarishlar tufayli ayollarga avtomobil boshqarishga, Adliya vazirligida ishlashga, sport musobaqalarini tomosha qilish uchun stadionga kirishga ruxsat berildi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!