Saudiya Arabistoni Tojikistonga 50 tonna xurmo sovg‘a qildi

Saudiya Arabistoni Tojikistonga 50 tonna xurmo sovg‘a qildi

Qirol Salmon nomidagi gumanitar harakat markazi Tojikistonga 50 tonna xurmo sovg‘a qildi. Bu haqda “Sputnik-Tojikiston” xabar bermoqda.

Xurmolarni topshirish marosimi Saudiya Arabistonining Dushanbedagi elchixonasida bo‘lib o‘tdi. Saudiya Arabistoni elchisi Abdulaziz ibn Muhammad al-Badiyning aytishicha, mazkur meva ehtiyojmandlarga tarqatiladi.

Bundan tashqari, Gumanitar harakat markazi Tojikistonda qiymati 7 million dollarga teng sohillarni mustahkamlash loyihasini amalga oshirmoqda.

Yana bir loyiha – Favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi qo‘mitasi o‘quv markazi binosining qurilishiga 1 million dollar sarflandi. Yangi binoning ochilish marosimi tez orada bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!