Saudiya Arabistoni klubi prezidenti Ronaldu bilan muzokaralar olib borilganini tasdiqladi

Saudiya Arabistoni klubi prezidenti Ronaldu bilan muzokaralar olib borilganini tasdiqladi

"Al Hilol" prezidenti Fahad bin Nafil "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan muzokaralar olib borilganini tasdiqladi.

Unga ko‘ra, yangi kelganlarni ro‘yxatga olish taqiqlangani sababli transfer amalga oshmagan.

"Ha, biz Ronaldu bilan muzokaralar olib bordik. Muammo pulda emasdi. Klubimiz jahon yulduzlari bilan shartnoma imzolash imkoniyatiga ega. Lekin Sport arbitraj markazi bizga yangi kelganlarni ro‘yxatga olishni taqiqladi. Biz yangi ehtimoliy futbolchilar bilan muzokaralarni to‘xtatmadik, ammo cheklovlar bizdan olib tashlanmaguncha yakuniy bosqichda ushlanib turamiz", – dedi bin Nafil.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!