Sarson bo‘lgan tadbirkor kredit olish fikridan qaytdi

Sarson bo‘lgan tadbirkor kredit olish fikridan qaytdi

Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish maqsadida kredit olish uchun 80 million so‘mlik biznes-loyiha taqdim qildim, – deydi Jamshid Qodirov. – Yetti-sakkiz marta bank va aytilgan tashkilotlarga bordim, bir necha bor yarmarkalarda ishtirok etdim.

Ammo menga kredit ajratish turli sabablargako‘ra kechiktirilaverdi. Bu haqda kimgamurojaat qilishni ham bilmay qoldim.Oqibatda tanishlarimdan qarz oldim vafaoliyatimni birmuncha kengaytirishgaerishdim. Bu orqali 5 kishilik ish o‘rniyaratdim. Agar faoliyatimni kengaytirishimuchun imkoniyat berilib, kattaroq miqdordagiimtiyozli kredit ajratilsa, kamida 10-15kishini ish bilan ta’minlayman.

Jamshidning aytishicha, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi avvaliga ungaoladigan kreditiga garovi yetmasa, 50 foiziga kafil bo‘lishini bildirgan. Ammo negadirbu va’dalarga vafo qilinmasdan yosh tadbirkordan hech qanday davoyim yo‘q, o‘z ixtiyorimbilan kredit olish fikridan qaytyapman mazmunidagi ariza yozdirib olingan. Afsuski,bunday holatlarga juda ko‘p duch kelyapmiz.

Yoshlarning tadbirkorlik savodxonligini oshirish, ularga biznes tashkil etish hamdayuritishni o‘rgatishga kim befarq bo‘lyapti? Davlat organlari va tashkilotlarningmansabdor shaxslarimi yoki yoshlarning o‘zimi? Xullas, "Yoshlar – kelajagimiz" Davlatdasturining ijrosiga tumanlardagi mas’ullar qachon mas’uliyat bilan yondashadi?

Manba: zarnews.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!