Samarqanddagi savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi

Samarqanddagi savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi

Joriy yilning 25 sentyabr kuni soat 19:24 da Samarqand viloyati Urgut tumani "Yuqori kalangar" MFYda joylashgan "Urgut Fayz savdo" MCHJga qarashli ikki qavatli savdo markazida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Mazkur holat yuzasidan voqea joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji zudlik bilan yetib borgan va yong‘in soat 20:38 da batamom o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida bino birinchi qavatining 98 m.kv maydoni shift qismi va savdo mahsulotlari yonib zararlangan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida binoning 420 m.kv maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!