Samarqanddagi maktab Beeline kompaniyasi tomonidan zamonaviy jihozlandi

Samarqanddagi maktab Beeline kompaniyasi tomonidan zamonaviy jihozlandi

Bugun Samarqand shahrida zamon talablariga mos holda ta’mirlangan 47-umumta’lim maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, Beeline (Veon Group) kompaniyasining prezidenti Kaan Terzioglu, viloyat hokimligi hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi (https://www.facebook.com/SherzodXotamovichShermatov/videos/595174408150904).

Mazkur maktabning moddiy-texnik bazasini ta’minlash uchun Beeline kompaniyasi tomonidan ajratilgan homiylik mablag‘i asosida informatika, matematika, robototexnika va ingliz tili xonalari uchun 38 dona kompyuter jamlanmasi, noutbuk va printer bilan jihozlandi.

Mehmonlar maktabdagi dars jarayonlari bilan tanishib, o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan maktabda yaratilgan sharoitlar bilan qiziqdi.

Fursatdan foydalanib, mamlakatimizdagi boshqa yirik kompaniyalarni ham maktablarga yordam umummilliy harakatiga qo‘shilishga chorlab qolamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!