Samarqanddagi gaz quyish shaxobchasida avtomobil yonib ketdi

Samarqanddagi gaz quyish shaxobchasida avtomobil yonib ketdi

Bugun, 10 aprel kuni soat 16:48 da Samarqand viloyati FVBga Urgut tumanida joylashgan «Qorabulok» MFY hududidagi gaz quyish shoxobchasi hududida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi.

Yonilg‘i sig‘imi 20 tonna bo‘lgan yuk mashinasi yonib ketgan. Zudlik bilan voqea joyiga FVV viloyat boshqarmasining 4 ta yong‘in-qutqaruv guruhi yetib kelgan.

Yong‘in soat 17:35 da o‘chirilgan. Hozirda jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!