Samarqandda ichib, otasiga tahdid qilgan o‘g‘il IIBga olib kelindi

Samarqandda ichib, otasiga tahdid qilgan o‘g‘il IIBga olib kelindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jomboy tumanida mast fuqaro uyida janjal ko‘tarib, baqir-chaqir qilayotgani aks etgan videolavha tarqaldi.

2021 yil 13 noyabr kuni soat 21:30 larda Jomboy tumani Eski Jomboy qishlog‘ida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro T.A. spirtli ichimlik iste’mol qilib, kuchli mastlik holatida o‘zining yashash xonadonida, yaqinlari bilan janjallashib, baqir-chaqir qilgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan profilaktika inspektori yetib borib, janjalning oldi olingan.

Fuqaro T.A. tuman IIBga olib kelinib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!