Samarqandda fojia: yana gaz, yana o‘lim

Samarqandda fojia: yana gaz, yana o‘lim

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida 2018 yil 11 noyabr kuni tushgan xabarga ko‘ra, “Kumushqirg‘oq” MFYda yashagan YU.L. ismli fuqaro uyida isitish pechiga suyultirilgan gazni shlang orqali ulab, uxlab qolgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha fuqaro isitish pechidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, kasalxonaga keltirilganida o‘lgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!