Samarqandda firibgar ayol jinoyat ustida qo‘lga olindi

Samarqandda firibgar ayol jinoyat ustida qo‘lga olindi

2021 yil 14 yanvar kuni Samarqand viloyati IIB ga, Pastdarg‘om tumanida yashovchi T.M. ariza bilan murojaat qilib, Pastdarg‘om tumanda yashovchi YA.Z. ismli ayol, uni tanishlari orqali O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasiga va ukasi 2004 yilda tug‘ilgan T.O. ni Toshkent shahridagi “Temurbeklar” maktabiga o‘qishga kiritib berish evaziga 2020 yil iyul oyidan noyabr oyiga qadar 3000 AQSh dollari miqdorida pullarni olib, ularni o‘qishga kirgizmasdan, yana 400 AQSh dollari miqdordagi pullarni talab qilayotganligini bildirib, YA.Z. ga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, 2021 yil 14 yanvar kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, YA.Z. ariza muallifidan 400 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Olib borilgan tezkor ishlar davomida, gumondor YA.Z. bir nechta fuqarolardan, jumladan, B.F. dan 2020 yil dekabr oyida Milliy Gvardiya institutiga kiritib qo‘yish evaziga 2500 AQSh dollariga kelishib, oldindan 400 AQSh dollari olganligi, fuqaro T.D. dan 2020 yil noyabr oyida uni o‘g‘lini Temurbeklar maktabiga o‘qishga kiritish evaziga 2000 AQSh dollari olganligi va fuqaro N.R. dan 2020 yil avgust-sentyabr oylarida ikki nafar farzandini Temurbeklar maktabiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!