Samarqandda "Damas" mashinasida 5 kishilik oilaning jasadi topildi

Samarqandda "Damas" mashinasida 5 kishilik oilaning jasadi topildi

15.05.2019 yil soat 13:00 larda Qo‘shrabot tumani Do‘stlik mahallasi hududida joylashgan fermer xo‘jaligi yer maydonidan Damas rusumli avtomashina o‘rta va orqa o‘rindiqlarida Ishtixon tumani Chimqo‘rg‘on qishlog‘ida yashagan, fermer xo‘jaligi ishchisi A.X. (1969 y.t.), uning turmush o‘rtog‘i, uy bekasi Z.X. (1974 y.t.), o‘g‘illari J.I. (1998 y.t.), A.I. (2002 y.t.) va O.I. (2004 y.t.)larning murdalari, har birining bosh va yuz sohalarida og‘ir tan jarohatlari, ya’ni qotillik alomatlari bilan topilgan.

Voqea joyiga zudlik bilan Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Bosh prokuratura O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi boshlig‘i, viloyat prokurori, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i hamda tezkor-tergov guruhi a’zolari chiqdilar.

Mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida Ishtixon tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi a bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda mazkur mudhish jinoyatni fosh etish uchun barcha zaruriy tezkor-qidiruv va tergov harakatlari tun-u kun amalga oshirilmoqda.

Tergovning borishi ustidan Bosh prokurorning alohida nazorati o‘rnatildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!