Samarqandda "Cobalt" va yuk mashinasi to‘qnashuvi natijasida 4 kishi halok bo‘ldi

Samarqandda "Cobalt" va yuk mashinasi to‘qnashuvi natijasida 4 kishi halok bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda sodir bo‘lgan mudhish YTH aks etgan video tarqaldi.

Viloyat IIBning ma’lum qilishicha, avtohalokat 2023 yil 8 iyun kuni soat 19:30 larda Urgut tumani "Omonqo‘ton" mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1121 km.da sodir bo‘lgan.

"Cobalt" avtomashina haydovchisi "Urgut-Qarshi" yo‘nalishi bo‘ylab haraktlanib, boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi tomonidan kelayotgan "Kamaz" bilan to‘qnashgan.

Natijada, "Cobalt" avtomashina haydovchisi va 3 yo‘lovchilari olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Shuningdek, "Kamaz" rusumli avtomashinasi haydovchisi Urgut tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilib, unga shifokorlar tomonidan tez tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan 2023 yil 8 iyun kuni tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!