Samarqandda avtomobil yo‘llari ochilib, tramvay harakati tiklandi

Samarqandda avtomobil yo‘llari ochilib, tramvay harakati tiklandi

Samarqand shahrida 17 sentyabrdan boshlab transport vositalari harakatiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlar bekor qilindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Xususan, 14–17 sentyabr kunlari shaharning Ibn Sino, Bo‘stonsaroy, Universitet xiyoboni, G-34, Sadriddin Ayniy, Registon, Rudakiy, Shohi Zinda, Usta Umar Jo‘raqulov, Islom Karimov, Afrosiyob, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Gulobod, Muqimiy, Dahbed ko‘chalarida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanishi munosabati bilan mazkur ko‘chalarda jamoat transporti vositalarining harakatiga cheklov o‘rnatilgandi.

Bundan tashqari, Samarqand shahridagi 28 ta avtobus, 2 ta tramvay yo‘nalishlari, shuningdek, ikkita yo‘nalishda taksi xizmati vaqtincha to‘xtatilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!