Samarqandda "Ahmadboyning singlisi" hammani chuv tushirdi

A A A
Samarqandda "Ahmadboyning singlisi" hammani chuv tushirdi

Avvalroq, Ahmadboy bilan bog‘liq yirik moliyaviy piramida shaklidagi firibgarlik ortida anchagina mashmashalar sodir bo‘lgandi. Aybdorlar tegishli jazosini olgandi. Ammo bu bilan firibgarlik jinoyati va unga chuv tushayotganlar kamaygani yo‘q. Ayniqsa, so‘nggi paytlarda firibgarlik xotin-qizlar o‘rtasida ko‘paygani achinarli. Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Qumchuq mahallasida sodir etilgan yirik firibgarlik jinoyati ham shular jumlasidan.

Bir qop shakarga aldanganlar

Erta tongdan onasini qo‘msab yig‘layotgan 3 yoshli nevarasini ovutolmay, Mastura aya (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) ham o‘zini yig‘idan tutib turolmadi. Qarigan chog‘ida halovati yo‘qoldi. Ustiga-ustak, kuni kecha katta nevarasi maktabdan yig‘lab qaytdi. Sening onang hammaning pulini aldab olib qo‘ygan , deya sinfdoshlari ajratib qo‘yganmish. Mahalladagilar ham qizi Barnoga Ahmadboyning singlisi deb laqab qo‘yib olishgan. Barno ayni farzandlariga kerak bo‘lgan paytda umrini panjara ortida o‘tkazayotgani Mastura ayaning qaddini bukib qo‘ydi. Qizining qilmishlaridan so‘ng onaxon ko‘chaga ham chiqolmay qoldi...

...Bir paytlar Barno ham barcha qatori risoladagidek oila qurgan edi. Uyi yaqinidagi kollej kutubxonasida kutubxonachi bo‘lib ishlardi. Ketma-ket uch farzandli bo‘ldi. Ro‘zg‘or g‘or , deganlaridek, bora-bora erining topish-tutishidan ko‘ngli to‘lmadi. O‘ylay-o‘ylay, o‘zini savdo-sotiqqa urdi. Do‘kon ochib, ayollar liboslarini sota boshladi. Har bir ishning qiyinchiligi bo‘lgani kabi savdoning ham o‘ziga xos mashaqqatlari borligini angladi. Shundan so‘ng tezda boyib ketish yo‘llarini qidira boshladi. Turli rejalar miyasida charx urib aylanardi.

Ko‘p o‘tmay, barchaning nazdida tijorat ishlari bilan shug‘ullanayotgan boy ayoldek ko‘rinishga kirib, yonidagilarning ishonchiga kirdi. Pulini ko‘paytirib qaytarish evaziga boshqa tadbirkorlardan pul ola boshladi. Avvaliga pul berganlarga kelishuv uchun bir qopdan shakar, kattaroq mablag‘ berganlarga esa mebel anjomlarini hadya etdi. Uning saxiyligidan tez orada boshqalar ham xabar topdi. Endi odamlarning o‘zlari pullarini olib kelib beradigan bo‘lishdi.

Ming dollarni ikki ming qilib beraman...

Do‘koni yonidagi ikki qavatli binoda uch aka-uka savdo-sotiq ishlari bilan shug‘ullanardi. Barno ularga ham pullarini ko‘paytirib berishni taklif qildi.

Agarda ming dollar bersangiz, ikki oyda ikki ming dollar qilib qaytaraman, dedi Barno. Yana ko‘p mablag‘ uchun alohida bonus lar ham bor.

Avvaliga aka-ukalardan rad javobini olgan bo‘lsa-da, ko‘ngillariga cho‘g‘ tashlab qo‘yganini sezdi. Ko‘p o‘tmay, aka-ukalar halovatini yo‘qotishdi. Bir-biriga bildirmagan holda yiqqan mablag‘ini Barnoning qo‘liga tutqazishdi. Qizig‘i shundaki, ularning umr yo‘ldoshlari ham yashirin tarzda Barnoga yiqqan pulini olib kelib berishdi. Kunlarning birida ovsinlar bir-biriga bergan qarz ustida janjallashib qolishdi. Hammasi ana shundan keyin boshlandi.

Buncha, beraman shu pulingizni. Barnoga berganman, ertaga borib olaman. Ikki baravar qilib beraman degan, dedi katta ovsin kichigiga.

Ammo ovsinlar har qancha urinmasin, Barnoni topisholmadi. Uyiga borsa uyida, do‘koniga kelsa do‘konida yo‘q edi. Xullas, bitta oila, ya’ni uch aka-uka va xotinlari 90 ming AQSh dollariga chuv tushishganini kech anglashdi. Bu paytda Barno ishlari o‘zi kutmagandan-da yurishib ketganidan sarmast edi. O‘ylab o‘tirmasdan kim pul bersa, olaverdi. Ammo ko‘za kunda emas, kunida sinadi , deganlaridek, ko‘p o‘tmay, pulimni qaytarib ber , deya eshigini taqillatib keladiganlar ko‘paydi...

Mahallaga qilingan shikoyat orqali bildik

Barnoning qilmishlaridan yig‘inga shikoyat qilib kelgan ayol orqali xabar topdik, deydi Qumchuq mahallasining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassisi Nigora Murodillayeva. Ma’lum bo‘lishicha, Barno u ayolga arzon narxda yer-uchastka olib beraman degan. Ayol bor pulini uning qo‘liga topshirgan. Uchastkadan darak bo‘lavermagach, pulini olishga borsa, Barno tan olmabdi. Mahalla raisi, profilaktika inspektori bilan birga bordik. Ma’lum bo‘lishicha, Barno ko‘pchilikning pulini aldov yo‘li bilan olishga ulgurgan ekan. Pulini ololmagan ayol janjallashib, uning uyidagi ba’zi jihozlarni olib ketdi. Barno bilan yuzma-yuz gaplashganimizda: o‘zim ham bir kishiga aldanib qoldim , dedi. Ortiqcha gapirmadi. Hozirda u jazo muddatini o‘tamoqda. Bolalariga onasi qarab turibdi. Turmush o‘rtog‘i farzandlaridan tez-tez kelib xabar oladi.

Buni qarangki, ayolning firibgarligi haqida hamma xabar topib, mish-mishlar keng tarqalsa-da, mahalla faollari bundan bexabar qolgan. Uning xonadoniga har kuni o‘nlab kishilar pul berib ketgan, vaqt o‘tgach, mablag‘ini so‘rab janjal-to‘polonlar qilgan. Ammo mas’ullarning hech biri buni sezmagan, ko‘rmagan.

Achinarlisi, Barnoning turmush o‘rtog‘i va otasi ham doimo savdo ishlariga yordamlashib kelishgan. Ammo ular ham ayolning firibgarlik qilayotganidan bexabar qolganini aytishmoqda. Aslida har qanday erkak ayolining nima qilayotganidan xabardor bo‘lishi kundek ravshan-ku. Ayol shuncha pulni olsayu, yonidagi umr yo‘ldoshi bexabar qolishi haqiqatdan yiroq. Yoki otani o‘z qizining bosayotgan qadami nahotki o‘ylantirmagan bo‘lsa?!

Qonun hamma uchun barobar. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga firibgar ayol ustidan o‘nlab shikoyatlar kelib tushgach, unga nisbatan jinoiy ish ochildi. Sud tomonidan tegishli jazo tayinlandi.

Maqolani tayyorlayotgan paytimiz Barnoning jazoni ijro etish muassasasida ko‘zi yorigani haqida eshitdik. U o‘g‘il farzandli bo‘libdi. Achinarlisi, tug‘ilgan go‘dak ulg‘aygach, kelajakda o‘zining panjara ortida dunyoga kelganini eshitsa, qay ahvolga tushishi haqida Barno hech o‘ylab ko‘rganmikan? Xalqimizda birovning haqi buyurmaydi degan naql bejizga aytilmagan. Shuncha aldov bilan olingan pullar unga nasib etarmikan?

Manba: Mahalladosh


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Putin Zelenskiyning shartini qabul qildi

Кушнер бу ҳақда 19 ноябрь куни Берлинда Европа давлатлари етакчилари ва Украина президенти Владимир Зеленский иштирокида ўтказилган матбуот анжуманида гапирди.

"Janob Prezident, ukangiz 40 million dollarlik mehmonxonamni tortib oldi"

Қирғизистон президенти Садир Жапаров Иссиқкўл аҳолиси билан учрашувда кутилмаган эътирозга дуч келди.

Putin urush boshlanganidan beri ilk bor Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritgan G‘arb davlatlari rahbarlari bilan birga suratga tushdi

Суратда Владимир Путин Си Жинпиннинг ўнг томонида, биринчи қаторда турибди.

Toshkentdagi Qorasuv kanalidan Nil timsohi ushlandi

Бу ҳақда Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси маълум қилди.

Toshkent metropoliteni yurtdoshlarimizga murojaat bilan chiqdi

Сўнгги йилларда Тошкент шаҳрида аҳоли сони ва шаҳар инфратузилмаси кенгайиши билан жамоат транспортига, хусусан, метрополитенга бўлган талаб ҳам ортиб бормоқда.

Maduro qamoqxonadan Rossiyaga salom yo‘lladi

Бу ҳақда RIA Novosti агентлиги хабар берди.

Janubiy Koreya bo‘ylab havo qatnovi to‘xtatiladi, Wi-Fi o‘chiriladi va butun mamlakat bo‘ylab telefonlar o‘chiriladi

Бугун миллионлаб мактаб ўқувчилари университетга киришни белгилайдиган Сунын имтиҳонини топширишади.

"Evropa vakillari Moskvaga borishga tayyor, faqat..."

Елисей саройида Россиянинг мулоқотга расмий тус бериш таклифи ижобий баҳоланган.

Rossiya, Xitoy va AQSh yetakchilarining uch tomonlama uchrashuvidan asosiy bayonotlari

Мулоқот 1,5 соат давом этди.

Flik "Barselona" rahbariyatidan ikkita transfer so‘radi

"Барселона" бош мураббийи Ханс-Дитер Флик қишки трансферлар ойнасида жамоанинг ҳимоя чизиғини кучайтиришни муҳим вазифа деб ҳисобламоқда.

O‘zbekistonda kuchli yomg‘ir, qor va sovuq kuzatilishi kutilmoqda

Ўзгидромет 9–12 ноябрь кунлари Ўзбекистонда об-ҳаво шароити кескин ўзгариши ҳақида шошилинч огоҳлантириш эълон қилди.

O‘zgidromet 14–15 noyabr kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

Ўзбекистонда сўнгги кунларда кузатилган салқин ва ёғингарчили об-ҳаво ўрнини илиқ кунлар эгаллайди.

Isroilda parlament saylovlari yakunlandi: Netanyaxu uchun kutilmagan natija

Исроилда парламент сайловлари бўйича овозларни ҳисоблаш якунланди.

«An-Nasr» uch nafar yulduzisiz O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Саудия Арабистонининг «Ан-Наср» клуби Осиё Чемпионлар лигаси Элит мусобақасидаги навбатдаги учрашув олдидан Тошкентга етиб келди.

Aktrisa Barchin G‘ofurova va bloger "Kokosh" qamaldi

Бу ҳақда Тошкент шаҳар судлари матбуот хизмати хабар берди.

Ukraina qurol ishlab chiqarishni oshirishda qiynalmoqda

"Луч" конструкторлик бюроси раҳбари Олег Коростеловнинг айтишича, жорий йилда бир неча юзта "Нептун" ракетаси ишлаб чиқарилади, бироқ уларнинг сони мингтага етмайди.

Kim Chen In Tramp bilan muzokaralarni tiklashga urinishlarini e’tiborsiz qoldirmoqda

The Wall Street Journal'нинг хабар беришича, Доналд Трамп иккинчи муддатга Оқ уйга қайтганидан кейин ҳам Ким Чен Ин билан алоқаларни тиклашга уринишларни давом эттиряпти

Putin shaxsiy tartibda Ukraina uchun NATO nizomining 5-moddasi namunasidagi xavfsizlik kafolatlariga rozi bo‘ldi

Манбанинг сўзларига кўра, Путин NATO қўшинлари Украинада жойлаштирилмаслиги шарти билан бундай кафолатларга тайёр

Eron sobiq oliy rahbar oyatulloh Ali Xominaiyning yadro qurolini taqiqlovchi fatvosini bekor qilishi mumkin

У ушбу фикрларни Эроннинг ядро дастури атрофидаги давом этаётган муҳокамалар фонида билдирди.

Litva Kaliningrad viloyati chegarasidagi hodisaga aloqadorligini rad etdi

Будриснинг қўшимча қилишича, Литва ҳеч қачон ўз ҳаво ҳудудидан Россия ҳудудидаги объектларга ҳужум қилиш учун фойдаланишга рухсат бермаган

Bank xodimi mijozlarning 3,2 mlrd so‘mini qimorda yutqazdi

Бундан ташқари, яна бир шахс танишидан олган 26 минг долларлик иккита «Дамас» автомобилини қиморда бой берган.

Tatyana Kim Yevropa Ittifoqi sanksiyalaridan keyin Wildberries rahbarligidan ketdi

Маълум қилинишича, Ким 18 ноябр куни бош директорлик лавозимидан кетган. Унинг ўрнига Алексей Куликов тайинланган.

AQShda kiberxavfsizlik bilan bog‘liq uzilishlardan so‘ng Oq uy rahbarini almashtirdi

Бу ҳақда BBC’нинг америкалик ҳамкори CBS хабар берди.

Evropa huquq markazi Mossadning sobiq rahbari David Barneani «harbiy jinoyatlar» uchun hibsga olishga chaqirdi

Европа конституциявий ва инсон ҳуқуқлари маркази (ECCHR) Моссаднинг собиқ раҳбари Давид Барнеага қарши Ливанда содир этилган деб баҳоланаётган «ҳарбий жиноятлар» бўйича жиноий шикоят берди.

Meksikada eng katta narkobaronlardan biri qo‘lga olindi

Бу ҳақда «El País» нашри хабар берди.

Hurmuz bo‘g‘ozida 4 million barrel neft tashiyotgan ikki supertanker portladi

Бу ҳақда Tasnim News нашри Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИИҚК) денгиз кучлари матбуот хизматига таяниб хабар берди.

Isroil Eronga qarshi yangi urush boshlashga intilmoqda

Бу ҳақда The Wall Street Journal нашри хабар берди.

Qashqadaryoda bolalar janjali sabab qo‘shnisini pichoqlab o‘ldirgan erkak 19 yilga qamaldi

Бу жиноятни содир этган эркакка 19 йил муддатга озодликдан маҳрум қилиш жазоси тайинланди.

Ilon Mask respublikachilarni qo‘llab-quvvatlash uchun sarflagan 500 million dollaridan afsusda

Миллиардер Илон Маск АҚШдаги оралиқ сайловларда республикачиларни қўллаб-қувватлаш учун 500 миллион доллар сарфлаганидан афсусда эканини билдирди.

Parij meri GTA VI o‘yini sabab ishga kech qoldi

У буни очиқ тан олмаган, аммо шаҳар раҳбари соат 9:00 га белгиланган эрталабки йиғилишга келмади ва ишга фақат тушлик пайти етиб келган.

Putin Rossiya Yevropaga qarshi urushga tayyorlanayotgani haqidagi gaplarni rad etdi

Россия Европа билан урушга тайёрланаётгани йўқ, бироқ Европа Иттифоқининг бундай режалари ҳақида доимий равишда эшитиб турибди.

62,3 foiz pedagog kasbiy sertifikatlash sinovlaridan o‘ta olmagani ma’lum qilindi

2024–2026 йилларда ўтказилган олтита касбий сертификатлаш синовида 47 936 нафар педагог қатнашган, уларнинг 62,3 фоизи синовдан ўта олмаган.

Putin Qrim ko‘prigiga qilingan hujumlardan keyin o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv bo‘lmasligini aytdi

Унинг сўзларига кўра, Россия Хавфсизлик кенгаши билан айрим соҳаларда ўт очишни тўхтатиш имконияти муҳокама қилинган.

«Jorj Vashington» avianosesi Fors ko‘rfazini tark etdi — Bloomberg

Бу ҳақда Bloomberg агентлиги АҚШнинг икки расмийсига таяниб хабар берди.

Si Szinpin yadroviy qurollarni butunlay yo‘q qilishga chaqirdi

Хитой раҳбари Россия, АҚШ ва Хитой етакчилари иштирокидаги уч томонлама учрашувда ядровий қуролларни тақиқлаш ва уларни тўлиқ йўқ қилиш зарурлигини таъкидлади.

Tramp Eron bilan urushni tugatish uchun Rossiya va Xitoy yordami kerak emasligini aytdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Вашингтон Эрон билан урушни якунлаш учун Россия ёки Хитой ёрдамига муҳтож эмаслигини билдирди.

Rossiyaning 2 Tu-95 bombardimonchisi Tayvan HHM hududiga kirdi

Тайвань Мудофаа вазирлиги маълум қилишича, Россиянинг икки Ту-95 стратегик бомбардимончи самолёти оролнинг ҳаво ҳужумидан мудофаа тизими аниқлаш зонасига жануб томондан кирган.

Portugaliya Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini berishdan bosh tortdi

Бу ҳақда мамлакат ташқи ишлар вазири Паулу Ранжел Киевда украиналик ҳамкасби Андрей Сибига билан ўтказган матбуот анжуманида баёнот берди.

Turk qahvasini mashhur qilgan sir nimada?

Ҳар бир манзилнинг ўзига хос таъми унинг тарихи, маданияти ва турмуш тарзини намоён этади. Яқинда эълон қилинган саёҳат тенденциялари ҳисоботига кўра, сўров қатнашчиларининг 82 фоизи маҳаллий ҳаётда бевосита иштирок этиш ўша халқ маданиятини чуқурроқ англашга ёрдам беришини таъкидлаган.

Toshkentda Rossiya fuqarosi o‘z joniga qasd qildi

У яшаш манзили хонадонининг 9-қаватидан ўзини ерга ташлаб юборган ва олган тан жароҳатлари натижасида шу жойнинг ўзида вафот этган.