Samarqandda 50 yoshli ayol baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi

Samarqandda 50 yoshli ayol baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida 2019 yil 14 may kuni vaqtincha Samarqand shahar Gasparali ko‘chasida yashovchi 32 yoshli O‘.T. boshqaruvidagi Labo rusumli avtomashinasini Nayman MFY hududidan o‘tuvchi Samarqand-Kattaqo‘rg‘on yo‘lining 6-km.da haydab ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Chortut mahallasida yashagan 50 yoshli M.I.ni urib yuborgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, M.I. jarohat olib kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!