Samarqandda 42 yoshli ayol o‘zini kanalga tashladi

Samarqandda 42 yoshli ayol o‘zini kanalga tashladi

2019 yilning 17 iyul kuni taxminan ertalabki o‘nlar atrofida 1977 yilda tug‘ilgan G. H ismli ayol Darg‘om kanaliga o‘zini tashlab, joniga qasd qilgan. Bu haqda human.uz manbasi ma’lum qildi.

Mahalliy aholi so‘zlariga ko‘ra, G.H ning yonida 6 yashar qizalog‘i ham bo‘lgan. Qizaloqni yaqin-atrofdagi odamlar qutqarib qolgan. Ayolning jami 4 nafar farzandi — 3 qiz 1 o‘g‘li bor. Qutqarib qolingan qizaloq uning kenja farzandi ekani aytilmoqda.

G.H Urgut tumanidagi Oq buva qishlog‘idan bo‘lib, turmush o‘rtog‘i ikkinchi oilasi bilan Rossiyada yashab kelgan.

G. H nima sababdan joniga qasd qilgani ma’lum emas.

Ayni paytda ayolning jasadi g‘avvoslar tomonidan qidilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!