Samarqandda 2 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda 2 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

4 fevral kuni taxminan soat 15:33 larda Samarqand shahar Rudakiy ko‘chasida joylashgan dorixonaning egasi 19 yoshli O‘.B. vazni 0,8 gr. bo‘lgan 10 ta konvalyutadagi jami 100 dona “kodeks” nomli dori-vositasini 150.000 so‘m evaziga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida Samarqand viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan ushlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.  Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va O‘.B.ga nisbatan ushbu modda bilan ayblov e’lon qilingan, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

5 fevral kuni soat 19:00 larda, Samarqand shahar “8 mart” ko‘chasida joylashgan dorixonaning egasi 21 yoshli B.O‘. vazni 0,4 gramm bo‘lgan 50 dona “kodeks” nomli dori-vositasini 75.000 so‘m evaziga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida Samarqand viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan ushlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va B.O‘.ga nisbatan ushbu modda bilan ayblov e’lon qilingan, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!