Samarqand va Kitobni bog‘lovchi "pereval" vaqtincha yopildi

Samarqand va Kitobni bog‘lovchi "pereval" vaqtincha yopildi

Respublikamizning tog‘li hududlarida yog‘ayotgan qor ba’zi joylarda ko‘chkilar va boshqa noqulayliklarga sabab bo‘layapti.

2019 yilning 4 yanvar kuni kuchli qor yog‘ishi va ko‘rish imkoniyatlarining keskin pasayganligi sababli «Olmaota–Bishkek–Termiz» M39 xalqaro avtomagistralining Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi «Taxtaqoracha» (Kitob) dovonidan o‘tgan qismlarida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatildi.

Bu haqda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Shu boisdan, avtomobil yo‘lining mazkur dovondan o‘tgan qismlarida harakat xavfsizligi ta’minlangunga qadar avtotransport vositalari egalariga A-378 «Samarqand–G‘uzor» avtomobil yo‘li orqali harakatlanishi tavsiya qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!