Samarqand davlat chet tillar instituti tyutori 2 ming dollar pora bilan ushlandi

Samarqand davlat chet tillar instituti tyutori 2 ming dollar pora bilan ushlandi

Samarqand davlat chet tillar instituti tyutori fuqaroga soxta hujjat tayyorlab, uni o‘qishga kiritib qo‘yishi uchun 2 ming dollar pora olgan vaqtda ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Samarqand davlat chet tillar institutida tyutori SH.T. pora bilan ushlangan.

U fuqaro F.ni 3500 dollar evaziga Qozog‘istondagi OTMning 1-kursini tugatgani to‘g‘risida hujjat tayyorlab berishini, shu orqali o‘zi ishlayotgan institutining 2-kursiga o‘qishga kiritib qo‘yishini va’da qilgan. Buning evaziga institut xodimi 2000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.U. boshqa bir fuqaro A.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Guliston davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytgan. U buning evaziga 5000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!