Saakashvili: Rossiyaning qulashi Shimoliy Kavkazdan boshlanadi

Saakashvili: Rossiyaning qulashi Shimoliy Kavkazdan boshlanadi

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili "Ukrainaga qarshi urush natijasida Rossiya kichik bo‘laklarga bo‘linib ketadi va bu jarayon Shimoliy Kavkazda boshlanadi" dedi. Bu haqda u muxolifatdagi Formula telekanalidagi Droyeba dasturiga yozma intervyusida ma’lum qildi.

Saakashviliga ko‘ra, Shimoliy Kavkazning Rossiyadan chiqishi Gruziyaga “Abxaziyani qaytarish imkoniyatini” beradi.

"Ukraina, albatta, frontda burilish nuqtasiga erishadi. G‘arb Putin rejimiga chek qo‘yishga qaror qildi, Rossiya oddiy omillarga parchalana boshlaydi. Bu birinchi navbatda Shimoliy Kavkazdan boshlanadi", - dedi Saakashvili.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!