Rossiyalik rasmiy bu xabarlarni rad etdi

Rossiyalik rasmiy bu xabarlarni rad etdi

Rossiyalik rasmiy Aleksey Rogozin OAVning Moskvaga hujum qilganlar orasida Ukraina harbiy droni UJ-22 Airborne borligi haqidagi xabarlarini rad etdi.

"Qanotning pastki qismidagi diagonal nurlarga e’tibor bering — bular havo kemasining konstruktiv quvvat sxemasining elementidir. UJ-22da esa ular yo‘q, lekin videoda olingan qurilma, oddiy xususiy Cessna samolyotini eslatadi, ular Rossiyada yuzlab bor va xayriyatki, hech kim uchishni taqiqlamaydi", — deya ta’kidladi Rogozin.

Ma’lumot o‘rnida, Moskvaga qilingan dronlar hujumi haqida Ukraina rasmiylari hech qanday ma’lumot bergani yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!