Rossiyada qarovsiz qolgan 17 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada qarovsiz qolgan 17 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi

Mamlakatimiz elchixonasi O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari vakillari bilan birgalikda Rossiya hududida qonuniy vakillari (ota-onalari) bo‘lmagan 17 nafar voyaga yetmagan bolalarni Vatanga qaytardi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bundan tashqari, elchixona tomonidan bolalarga Vatanga qaytish uchun bepul sertifikatlar berildi.

O‘zbekistonga qaytarilgan barcha voyaga yetmagan bolalar yaqin qarindoshlariga yoki mamlakatimizdagi maxsus bolalar muassasalariga vasiylik qilish uchun topshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!