Ronaldu yana bir mukofotga sazovor bo‘ldi

Ronaldu yana bir mukofotga sazovor bo‘ldi

"Yuventus" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu to‘rtinchi marta ESPY Awards'ning "erkarlar futboli bo‘yicha chet ellik eng yaxshi sportchi" nominasiyasi sovriniga loyiq ko‘rildi.

Ushbu mukofot Amerikaning ESPN telekanali tomonidan topshiriladi.

"Ushbu ajoyib mukofotdan minnatdorman. Bu muxlislar orasida ovoz berish yo‘li bilan beriladi, shuning uchun bu sovrin men uchun muhim ahamiyatga ega. Katta rahmat. Afsuski, marosimda shaxsan o‘zim ishtirok eta olmadim", – dedi Ronaldu.

36 yoshli Ronaldu o‘tgan mavsumda "Yuventus" tarkibida barcha musobaqalarda 44 uchrashuv o‘tkazib, 36 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha amal qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!