Ronaldu qirg‘izistonlik qizdan xabar oldi (foto)

Ronaldu qirg‘izistonlik qizdan xabar oldi (foto)

Qirg‘izistonlik shifokor-onkolog Damira Bayzakova o‘zining Facebook akkauntida xabar berishicha, yurtdoshi Yuna ismli qizaloq suyak saratoni kasalligiga chalingan. U hozirda Italiyaning Turin shifoxonalaridan birida davolanmoqda.

Bu qirg‘izistonlik Yuna ismli qizaloq. Afsuski u ham suyak saratoni kasalligi bilan og‘rigan. Yaxshiyamki, davolanishning eng qiyin bosqichlari ortda qoldi. Yuna bizda kimyoviy terapiya qabul qilib, jarrohlik amaliyotini o‘tash va uzoq muddatli davolanish uchun Turin shahriga (Italiya) jo‘nab ketdi. Allohga shukr, operasiya muvaffaqiyatli o‘tdi. Barcha xarajatlarni to‘lagan va qirg‘iz bolalariga yordam berayotgan Rodney Seddon, shifokorlar Raymond Piana, Sebastyan va Nikollo Rotte, bolajonlarimiz murabbiyi Oleksandr Vakulga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Yuventus klubi a’zolari bolajonlarimizni yo‘qlash uchun borishdi. Yunani ko‘rish uchun bir nechta futbolchilar, jumladan, mashhur futbolchi Krishtianu Ronaldu va uning rafiqasi Jorjina Rodriges tashrif buyurdi.

Nurpazila xolidan xabar olish uchun Italiya polisiyasi sovg‘alar bilan borishdi. Uning ham ahvoli yaxshi. Tezroq tuzalib keting, azizlarim , deb gapini yakunlaydi Damira Bayzakova.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!