Ronaldu ikkita o‘yinga diskvalifikasiya qilinadi

Ronaldu ikkita o‘yinga diskvalifikasiya qilinadi

Krishtianu Ronaldu ikki o‘yinga diskvalifikasiya qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni Superkubogi yarim finalida “Al-Hilol” “An-Nasr”ni mag‘lub etdi (2:1). 86-daqiqada bosh hakam Krishtianu Ronalduga qizil kartochka ko‘rsatdi - portugaliyalik raqibiga tirsak bilan zarba berdi va hakamga mushtini ko‘tardi.

Tartib-intizom qo‘mitasi portugaliyalikning tushuntirishlarini o‘rganib chiqdi va uni ikki o‘yinga diskvalifikasiya qilishga qaror qildi. Bu haqda qo‘mitadagi manbalarga tayanib, “Asharq Al-Awsat” nashri xabar berdi.

19 aprel kuni “An-Nasr” Saudiya Arabistoni chempionatida “Al-Feyxa” bilan, 27-da esa “Al-Xalij” bilan to‘qnash keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!